Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"Yosh notiqlar" ko'rik-tanlovining navbatdagi soni bo'lib o'tdi

Bugun, 12-aprel kuni Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti tashabbusi bilan universitetning notiqlik madaniyatini o'zida shakllantira olgan talabalari ishtirokida oʻtkazilib kelinayotgan “Yosh notiqlar” ko‘rik-tanlovining navbatdagi soni boʻlib oʻtdi.

Birinchi shartda ishtirokchilar o‘zi haqidagi ma’lumotlarni she’riy yoki nasriy yo‘l orqali bayon qilgan bo‘lsa, ikkinchi shartda mamlakatimizda amalga oshirilgan konstitutsiyaviy islohotlar va kutilayotgan referendum jarayoni bo'yicha tuzilgan savollarga javob berib, o'zlarining huquqiy va siyosiy savodxonligini va notiqlik mahoratlarini ko‘rsatib berdilar. 

Hakamlar hayʼatining xulosasiga koʻra:
1-o'rin: 223-guruh talabasi Ilhomboyeva Mahliyo
2-o'rin: 206-guruh talabasi Sa'dullayeva Sevara
3-o'rin: 222-guruh talabasi Rózmetova Zahro

Faxrli oʻrin sohiblari va bir guruh faol talabalar fakultet dekani D.G'ayipov tomonidan munosib taqdirlandi. 

Ulashish: