Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"Ona vatanga bag'ishlab yozilga she'rlar bilimdonlari" mavzusida uchrashuv o'tkazildi

Joriy yilning 18-aprel kuni Urganch davlat universiteti Filologiya fakultetida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Liberal-demokratik partiyasining Urganch shahar deputati Muborak Jumaniyozova Tohirovna ishtirokida "Ona vatanga bag'ishlab yozilga she'rlar bilimdonlari" mavzusida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida so'zga chiqqan M.Jumaniyozova vatan ona kabi muqaddas ekanligini, inson dunyoga kelishi bilan vatan oldidagi burchi hamda vazifasi u bilan birga bo'lishini ta'kidladi.
O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti B.Rahimova o'zbek she'riyatining rang-barangligi va asosiy mavzu ona vatanga bag'ishlangan she'rlardan iborat ekanligi, shuningdek, ona vatan tasviri yuqori darajada talqin qilingan Muhammad Yusuf ijodi, shoirning «Vatanim» she’rida vatanga muhabbat hissi juda samimiy va sodda ifoda etilgani, ona yurtdan tuygan mehri xuddi singilning, onaning mehridek iliq tasvirlangani va zamonaviy she'riyatning o'ziga xos xususiyatlari haqida ma'lumot berib o'tdi.

Ulashish: