Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



OʻZBEKISTON XALQ SHOIRI OMON MATJON TAVALLUDINING 80 YILLIGI MUNOSABATI BILAN ILMIY-AMALIY ANJUMAN OʻZ ISHINI BOSHLADI

Ayni paytda Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida Filologiya fakulteti tashabbusi bilan Omon Matjon tavalludining 80 yilligiga bagʻishlab, ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilmoqda. 

Unda Xorazm viloyat hokimligi vakillari, yozuvchi va shoirlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, adabiyotshunos olimlar, Filologiya fakulteti professor-oʻqituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etmoqda. 

Hamkor xorijiy va respublika oliy taʼlim muassasalari olimlari, fan arboblari xususan, Ozarbayjon Ilmlar akademiyasi Adabiyot instituti bo'lim boshlig'i, f.f.d., prof. Almaz Ulviy Binnatova, O'zFA Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi direktori f.f.d., prof. Jabbor Eshonqul, QDPI professori, f.f.d. Zeboxon Qobilova, O'zFA O'zbek tili, adabiyot va folklor instituti katta ilmiy xodimi, prof. Rahmatilla Barakayevlarning ishtiroki konferensiyaga xalqaro maqomini bermoqda.  

Filologiya fakulteti dekani, f.f.d. D.Gʻayipov moderatorligida boʻlib oʻtayotgan ilmiy-amaliy anjumanni UrDU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Z.Ibragimov kirish soʻzi bilan ochib berib, konferensiya ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Darhaqiqat, Oʻzbekiston xalq shoiri Omon Matjon – XX asr oʻzbek sheʼriyatining dargʻalaridan biridir. Anjumanda tabrik soʻzini olganlar Omon Matjonning shoir, davlat va jamoat arbobi sifatida Vatan oldidagi ulkan xizmatlari, sermahsul ijodini eʼtirof etdilar. 

Shundan soʻng, anjumanning yalpi yigʻilishidan oʻrin olgan maʼruzalarga navbat berildi.

Ulashish: