Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Ochiq darslar tashkil qilinmoqda

 Joriy yilning 10-may kuni UrDU Filologiya fakulteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi R.Ganjayeva 204-guruh talabalariga "Matnshunoslik" fanidan ochiq amaliy mashg'uloti o'tkazdi.    

Mashg'ulot "Janrlar bo'yicha qo'lyozma manbalarni farqlash" mavzusida bo'lib o'tdi. Mashg'ulot jarayonida turli tarqatma materiallardan foydalanilgani va bellashuv usulining samarali qo'llanilgani natijasida talabalar mavzuni yanada mustahkamladilar.  Darsda kuzatuvchi sifatida O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti N.Djumaniyazova ishtirok etdi va dars samaradorligi hamda ba'zi kamchiliklar to'g'risida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.

Ulashish: