Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"Kitobxon-talaba" ko'rik-tanlovining navbatdagi soni bo'lib o'tdi

Bugun, 16-may kuni Filologiya fakulteti tomonidan universitet miqyosida an'anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan "Kitobxon talaba" ko'rik-tanlovining navbatdagi soni Filologiya fakulteti professor-oʻqituvchilari va talaba-yoshlari ishtirokida o'tkazildi.

Tanlov J.Jovliyevning "Qo'rqma" va V.Rasputinning "Matyora bilan vidolashuv" (Прощание с Матёрой) asarlari yuzasidan tuzilgan shartlar asosida olib borildi va unda fakultetning 5 nafar talabasi 2 shart asosida o'zaro kuch sinashdilar.

Talaba-yoshlarning kitobga bo'lgan mehrini yanada oshirish, kitobxonlik madaniyatini yoshlar orasida keng targ'ib qilishni maqsad qilgan ushbu tanlovning baxs-munozaraga boy jarayonlari, shuningdek, 204-guruh talabalari tomonidan tayyorlangan  taqdimot,  yozuvchi Javlon Jovliyev hayoti va ijodi aks etgan videorolik, sahna ko'rinishlari hamda go'zal raqs va kuy-qo'shiqlar tomoshabinlarda katta taassurot uyg'otdi.

Har bir shart hakamlar hay'ati tomonidan munosib baholanib, tanlov g'oliblari diplom hamda esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

Ulashish: