Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Omon Matjon tavalludining 80 yilligiga bagʻishlab o'tkazilayotgan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Omon Matjon tavalludining 80 yilligiga bagʻishlab o'tkazilayotgan ilmiy-amaliy  anjumanning yalpi yig'ilishi ma'ruzalaridan so'ng, Filologiya fakulteti talabalarining badiiy chiqishlari namoyish qilindi. Isteʼdodli talabalar tomonidan zoʼr mahorat bilan ijro etilgan shoir O.Matjon hayoti va ijodiga oid sahna ko'rinishlari, shoirning she'rlari va she'rlari asosida bastalangan qo'shiqlar, turli qardosh millatlarga mansub goʼzal raqslar konferensiya ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Ayniqsa, adibning "Haqqush qichqirig'i" dostonidan "Alla" afsonasi asosida sahnalashtirilgan spektakl juda iliq qarshi olindi.

Yakunda esa anjumanda ishtirok etayotgan mehmonlar ushbu konferensiyani yuqori saviyada tashkil qilingani uchun universitet rahbariyatiga, qolaversa,Filologiya fakultetiga chuqur minnatdorchilik bildirishdi. 

Ulashish: