Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"She'riyat shohsupasi" ko'rik-tanlovining navbatdagi soni bo'lib o'tkazildi

Bugun, 17-may sanasida UrDU Filologiya fakultetida an'anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan "She'riyat shohsupasi" ko'rik-tanlovining navbatdagi soni bo'lib o'tdi. Unda Filologiya fakulteti professor-o'qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok qildi.

Tanlov XX asr o'zbek adabiyoti va she'riyatining taniqli vakili Abdulla Oripov va rus shoiri Vasiliy Andreyevich Jukovskiy she'rlari yuzasidan tuzilgan shartlar asosida olib borildi va unda fakultetning 9 nafar talabasi 2 shart asosida o'zaro kuch sinashdilar.
Badiiy maydondagi ishtirokchilarning bahslari, Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili ta'lim yo'nalishi 203-guruh talabalari tomonidan tayyorlangan taqdimot, A.Oripov hayoti va ijodi aks etgan videorolik, kuy-qo'shiq va go'zal raqslar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Har bir shart hakamlar hay'ati tomonidan munosib baholanib, tanlov g'oliblari diplom hamda esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

Ulashish: