Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Turkiyaning Izmir shahridagi Ege universitetining Adabiyot fakultetida ikkala universitet oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan amaliyot oʻtamoqdalar.

Ayni kunlarda Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti magistratura va bakalavriat talabalari Tarjimasi nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri G. Y. Rahimova rahbarligida Turkiyaning Izmir shahridagi Ege universitetining Adabiyot fakultetida ikkala universitet oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan amaliyot oʻtamoqdalar. 

9.12.2022 sanasida talabalar nemis va ingliz tili adabiyoti yoʻnalishlarida maʼruza va seminar mashgʻulotlarida faol ishtirok etdilar.

Bundan tashqari, G. Y. Rahimova nemis tili va adabiyoti kafedrasi mudiri professor Saniye Uysal Ünalan bilan uchrashib, kelgusidagi ikkala kafedra oʻrtasidagi loyihalar borasida fikrlar almashildi.

Shu bilan birga, kelgusida hamkorlikda ilmiy maqolalar yozish va ilmiy tadqiqot ishlarini yanada kengaytirish masalalari boʻyicha takliflar bildirildi.

Ulashish: