Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari Ege universiteti yosh olimasi Arzu Ajar bilan uchrashdilar

Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari Tarjimasi nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri G. Y. Rahimova boshchiligida Ege universiteti yosh olimasi Arzu Ajar bilan uchrashdilar.

Uch oy davomida Urganch davlat universitetida doktorlik mavzusi bo'yicha tadqiqot ishlarini olib borgan tadqiqotchi olima Arzu Ajar  bilan suhbat talabalarda universitetimizga bo'lgan faxr tuyg'usini yanada oshirdi. 

Suhbat mobaynida Arzu xonim Universitetimiz to'g'risidagi olam-olam taassurotlarini bayon qilib, shaxsan universitet rektori Baxrom Ismoilovichga  minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, olima universitetimizning adabiyotshunos olimi professor marhum Safarboy Ro'zimboyev to'g'risida yozayotgan kitobi haqida ham to'lqinlanib gapirib oʻtdi.

Bundan tashqari, Arzu xonim kelgusida ilmiy tadqiqot ishlarida hamkorlik qilish niyatida ekanligini bildirdi.

Ulashish: