Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari "Tarjimasi nazariyasi va amaliyoti" kafedrasi mudiri G.Rahimova rahbarligida Turkiyaning Izmir shahridagi Ege universitetida "A virtual trip to Uzbekistan" mavzusida katta taqdimot oʻtkazdilar.

Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari "Tarjimasi nazariyasi va amaliyoti" kafedrasi mudiri G.Rahimova rahbarligida Turkiyaning Izmir shahridagi Ege universitetida talabalar almanishuvi dasturi doirasida amaliyotlarini davom ettirmoqdalar. 

Bugun, 13-dekabr  kuni "A virtual trip to Uzbekistan" mavzusida katta taqdimot oʻtkazdilar.

Tadbirda Ege universiteti Adabiyot fakulteti professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etdilar. 

Taqdimotda O'zbekistonning tarixiy shaharlari, Urganch davlat universiteti va ulug' ajdodimiz, buyuk sarkarda Jaloladdin Manguberdi hayoti to'g'risidagi videorolik namoyish etildi. Ayniqsa, universitetimizda talaba-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqidagi ma'lumotlar mezbonlar e'tiborini tortdi.

Ulashish: