Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Samarqand shahrida 5T Youth Forum o’z faoliyatini boshladi.

Tarixiy va hamisha navqiron Samarqandda unutilmas forum! Samarqand shahrida 5T Youth Forum o’z faoliyatini boshladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarga oid beshta muhim tashabbuslarini ilgari surgan holda “5T Yoshlar forumi” Respublika Konferensiyasi Samarqand viloyati hokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi, “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, “My Business” innovatsion markazi, “DD General Insurance” sug‘urta kompaniyasi, “OOO Dream travel study consulting”, “Grantlar.uz” ta'lim platformasi hamkorligida 19-20 oktyabr sanalarida Samarqand shahrida o‘tkazilmoqda. Ushbu forum yoshlar uchun chin ma’noda yangi imkoniyatlar, do’stlar, o’zaro fikr almashinuvi orqali yangi bilim va ko’nikmalarga hamda qiziqarli tanishuvlarga boy bo’lgan unutilmas forum bo’ladi degan umiddamiz. Ishtirokchilarimizni forum doirasida qiziqarli debatlar, press konferensiya, Sehrli Fonuslar kechasi, Lottery Cap loyihasida ishtirok etib ko’plab sovg’alarga ega bo’lish, Samarqand shahri bo’ylab sayohat, “Konsert dasturi”, Mevalar dasturxoni kabi ko’ngilochar dasturlar kutib qolmoqda. Forumning ko‘lamiga to‘xtaladigan bo‘lsak, hozirda telegram, Facebook hamda Instagram tarmoqlarida qariyb 75 000 dan ortiq auditoriyaga targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda. Forumning rasmiy sahifalarida esa umumiy 5 000 kishiga yaqin (joriy ko‘rsatkich) auditoriya to‘plangan. Bundan tashqari forum bevosita bir nechta davlat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi. Forumni sur'atga olish uchun “Madaniyat va ma'rifat”, “Samarqand” TRK hamda “MY 5” kabi telekanallar bevosita ko‘rsatuv tayyorlashadi. Forum tashkilotchilari tomonidan Samarqand shahri sayyohlar qo‘llanmasi, forum ishtirokchilari qo‘llanmasi, turli broshyuralar va konferensiya materiallari to‘plami chop etilgan (jami 2 000 nusxada). Forumda Respublikamizning 500 nafar faol va iqtidorli yoshlari ishtirok etishi kutilmoqda. Bundan tashqari ushbu forum turli muzokaralar hamda o’quv dasturlarini o’z ichiga oladi. Umid qilamizki ushbu olingan bilim va ko’nikmalar, yangi do’stlar birgalikda yoshlarimizga yanada yangi cho’qqilarni zabt etishda ko’mak beradi. Urganch Davlat Universiteti "Tabiiy fanlar" fakulteti, "Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi" kafedrasi Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi 4 - kurs talabasi Atajonova Muhayyo mazkur forumda "Eng yaxshi maqola" nominatsiyasida faxrli 1-o'rinni egallaganligi bilan kafedramiz nomidan tabriklaymiz!

Ulashish: