Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Bugun “22-sentabr – Xalqaro avtomobilsiz kun” munosabati bilan Tabiiy va qishloq xoʻjaligi fanlari fakulteti oʻqituvchilari va talaba-yoshlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati K.Jumaniyozov mehmon boʻldi.

Tadbirni “Ekologiya va HFX” kafedrasi mudiri S.Babajanova kun tartibidagi masala bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlar bo‘yicha hamda tadbir ishtirokchilari va tadbir dasturi borasida to‘xtalib o‘tdi. S.Babajanova o‘z so‘zida tadbir mavzusi, avtomobilsiz kunining ahamiyati va uning inson hayoti va salomatligi borasidagi ahamiyati to‘g‘risida gapirib o‘tdi.

Shuningdek, tadbirda  Universitet birinchi prorektori D.Ibadullayev, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati K.K.Jumaniyozovlar ishtirok etib, mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohalazalar bildirishdi. Qayd etildiki, mazkur kunda aholiga ekologik toza transport vositalarida harakatlanish, jumladan piyoda yurish, velosiped va metrodan foydalanish tavsiya etiladi. Ma’lumot uchun, hukumatning 2020 yildagi qarori bilan rahbarlarga ishga kelib-ketishda avtomobillardan foydalanmaslik tavsiya etilgan. Bundan tashqari, 2021 yildan boshlab 22 sentabr kuni «Avtomobilsiz kun» sifatida e’lon qilingan. Bu yilgi haftalikning «Energiyani tejash» mavzusi barqaror shahar harakatini rag‘batlantirishda energiya samaradorligining roli muhimligiga qaratilgan. Yevropa Ittifoqining ushbu tashabbusi 39 mamlakatning 2000 dan ortiq shaharlarini qamrab olgan.

Tadbirda Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Xorazm viloyat Kengashi xodimlari, fakultet tyutorlari, kafedra professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi. Shundan so‘ng talabalarning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi. Tadbir munozara va muhokamalarga boy, qizg‘in tarzda o‘tkazildi.

Yig‘ilishda kafedra dotsentlari A.Masharipov, G‘.Yoqubov va katta o‘qituvchi Sh.Jumaniyazova., D.Maxmudovalar tadbir mavzusi yuzasidan o‘z fikr mulohazalarini bildirishdi.

Ulashish: