Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Arxitektura kafedrasi, Xorazm Ma’mun akademiyasi va “Germaniyaning Quedlinburg faktoring markazi bilan hamkorlikdagi Xiva shahridagi Juma masjidni restavratsiya qilish

Arxitektura kafedrasi Xorazm Ma’mun akademiyasi bilan hamkorlikda “Germaniyaning Quedlinburg faktoring markazi (Deutsches Fachwerkzentrum Quedlinburg) madaniy binolarni haqiqiyligini saqlab qolish AQSh va Germaniya o'rtasidagi qo'shma loyihasi” bo‘yicha 2023 yil 18-sentabrdan 28- sentabrgacha 5 ta mutaxassislar  tashrif buyurib ushbu tashrif doirasida “1000 yillik tarixga ega Xiva shahridagi Juma masjidni restavratsiya qilish O‘zbekiston va  Germaniya  xalqaro amaliy loyihasi”  asosida amaliy ishlarda kafedraning 2 ta professor o’qituvchisi va 12 ta talabalari ta’mirlash ishlarida qatnashib tajriba almashdilar.

Unga ko‘ra Xiva Ichon qal’a muzey qo‘riqxonasidagi tarixiy obidalardan Tosh xovli majmuasida va Juma masjid binosida yog‘och ustunlarni ta’mirlash bo‘yicha amaliy ishlarni olib borishdi.

Bu xorijiy tajriba madaniy me’ros ob’eklarini asrash bo‘yicha qilingan ta’mirlash ishlari  soha mutaxasisilari (professor o‘qituvchilarimiz va talabalarimiz) uchun katta tajriba maktabi bo‘ldi.

Tashrif yakunida Germaniyalik ta’mirshunoslar tomonidan ushbu loyihada ishtirok etgan 2 ta professor o’qituvchi va 12 ta talabalarga ta’mirlash malakasiga ega bolgan sertifikatlar berildi.

Ushbu tajribalar orqali kelajakda 2-kurs Madaniy me’ros ob’yektlarini asrash ta’lim yo’nalishi talabalariga o‘lchov amaliyotlarini olib borishda yangicha yondashuvlar bo‘yicha ishlar qilishni rejalashtirib oldik.

Ulashish: