Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Arxitektura kafedrasi bilan Malayziya xalqaro islom universitetining professorlari ishtirokidagi Xiva shahrining ichanqal'a yodgorliklarini o'lchash va 3d modelini yaratish bo'yicha seminarlar va masterqlas darslari bo'lib o'tdi.

Arxitektura kafedrasi bilan hamkorlik borasida 2023-yil 23-sentabrdan 1- oktabrigacha  Malayziya xalqaro islom universitetining 33 nafar professorlari va talabalarining O'zbekistonning madaniy merosini o'rganish, betakror arxitektura namunalarini tadqiq qilish, turizm tarmog'ini kengaytirish va targ'ib etish yo'nalishidagi hamkorlik masalalari muhokama etish bo'yicha tashrif buyurishdi.  Ushbu guruhga kafedra professor o’qituvchilari va talabalari Xiva ichon qal’a muzey qo’riqxonasi tarkibidagi Juma  masjidni o’lchash va 3-D modeli loyihasini yaratish ishlarida faol ishtirok etishdi.

Kafedraning 2 ta professor o’qituvchisi Radjabov Bekzod va Karieva Nazokat va 6 ta talabalari Juma masjidda xorijlik talabalar olib borgan ilmiy tadqiqot ishlariga hamkorlik tajriba almashdilar.

Tashrif doirasida 29 sentyabr kuni UrDU yangi binosida soat 17-00 da boshlangan seminar ikkala tomon olib borgan ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha tajribalari asosida o‘tdi. Unda malayziya xalqaro islom universiteti Arxitektura va atrof-muhit dizayni fakulteti, Arxitektura kafedrasi, dotsenti Srazali Aripin rahbarligida Malayziya institulari faoliyati, Malayziya milliy uylarining o‘ziga xos echimlari, Malayziyadagi bino va inshootlarda nogiron fuqarolar uchun normativ qoidar haqidagi seminarlar bo‘lib o‘tdi. Ushbu seminarda UrDU Qurilish kafedrasi professori B.Raxmanov tomonidan AQSH bilan hamkorlikda Juma masjida olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari haqida gapirib berishdi.

Tashrif doirasida 30 sentyabr kuni UrDU yangi binosida soat 10-00 da boshlangan seminar Malayziya xalqaro islom universiteti talabalarining Xiva ichon qal’a muzey qo‘riqxonasidagi Jumma masjidda olib borgan tadqiqot ishlarining natijalari haqida bo‘lib o‘tdi. Unda har bir talabaga Juma masjid tarxi, qirqimi, ustutlari bo‘yicha va boshqa ma’lumotlari bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi prezentatsiya fayllarida namoyish qilinib 3-D fayldagi modellari yaratilganligi namoyish qilindi.

Malayziya xalqaro islom universiteti Arxitektura ta’lim yo‘nalishi talabalarining amaliyot o‘tash bo‘yicha  tajribalar almashinib kelgusida malayziya tajribasini qo‘llash bo‘yicha rejalar tuzishni rejalashtirdik.

Tashrif yakunida madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Unda professor o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida do‘stona hamkorlik borasida konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

30 sentyabr kuni ularni Tashrifi yakunlandi va ularni soat 18-30 da  Urganch temir yo‘l vakzalidan Toshkent shahriga kuzatib qo‘ydik. Tarjimonlar va ingliz tilida muloqatda bo‘ladigan talabalarni jalb qilganimizdan g‘oyat ma’mun ekanliklarini, ularga yaratilgan sharoit va ularga bo‘lgan e’tibor uchun UrDU ma’muriyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirishdi.

 

Ulashish: