Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Yangibozor tumanidagi mahorat darslari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan ilgari surilgan Xalq ta’limi va Oliy ta’lim integratsiyasini amalga oshirish maqsadida Yangibozor tumanida UrDU “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi katta o‘qituvchisi H.Narimov 8-son o‘rta maktabida “Til – millat ko‘zgusi” mavzusida 7-8-10-sinf o‘quvchilari bilan mahorat darsi o‘tkazdi. Unda maktab direktori H.Quryazov, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Z.Qoraboyeva va o‘qituvchilar Sh.Rajabova va S.Yusupovalar ishtirok etishdi. O‘tkazilgan mahorat darslari o‘quvchilar hamda maktab o‘qituvchilari jamoasida yaxshi taassurot qoldirdi.

Ulashish: