Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"Dog'iston donishmandi' kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi

Bugun, 29-sentabr kuni Urganch davlat universiteti O'zbek filologiyasi fakultetida taniqli o'zbek yozuvchisi, shoir, tarjimon, Respublikada xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi Yangiboy Qo'chqorovning “Dog'iston donishmandi” kitobi taqdimoti oʻtkazildi.  Unda O'zbek filologiyasi fakulteti professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etdi. 

Dastlab fakultet dekani, professor D.Gʻayipov tomonidan o'zbek adabiyoti rivojida Y.Qo'chqorovning xizmatlari, kitobning mazmun-mohiyati haqida fikr yuritildi.

Kitob muallifi Yangiboy Qo'chqorov ushbu asar Dog'iston xalq shoiri, Mehnat Qahramoni, "Nilufar", "XX asrning eng yaxshi shoiri" mukofotlari laureati, atoqli shoir, zabardast adib, tarjimon, jamoat arbobi Rasul Hamzatovning ibratli hayoti va ijodiga bag'ishlanganligi haqida gapirdi. Uchrashuv qizgʻin savol-javob tarzida oʻtdi.
Yakunda shoirga fakultetning esdalik sovg'alari topshirildi.

Ulashish: