Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"Davlat tili taraqqiyoti: muammo va yechimlar" mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi

 “Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyatdir”, - deya ta’kidlagan edi Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev.

Darhaqiqat, til – inson qalbining ko'zgusidir. Unda nafaqat inson qalbi, balki o'sha xalqning o'tmishi, buguni, kelajagi, madaniyati va boshqa bir qancha jihatlari ham aks etib turadi.

Bugun Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida Oʻzbek filologiyasi fakulteti tashabbusi bilan O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan “Davlat tili taraqqiyoti: muammo va yechimlar”  mavzusidagi  ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

Anjumanda Xorazm viloyati hokimligi vakillari, Oʻzbek filologiyasi fakulteti professor-o'qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Fakulteti dekani, prof. D.G'ayipov moderatorligida o'tkazilgan anjumanni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Z.Ibragimov kirish soʻzi bilan ochib berib, tilimizning millat tarixi va bugunidagi o'rni, ahamiyati haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Konferensiya davomida Xorazm viloyati hokimi maslahatchisi R.Xudayberganov “Davlat tilining ustuvorligini ta’minlashda viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar”, O‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri, dots. A.Primov “O‘zbek tilining millat va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni”,  f.f.d., prof.v.b. A.O‘razboyev “Jahonga taralgan turkiy tarovat (Xorijiy Sharq tillarida turkiy so‘zlar)” mavzularida ma'ruza qilib, tilimizning qadr-qimmatini asrash, bugungi globallashuv jarayonida tilda paydo bo‘layotgan nojo‘ya so‘zlarning ma’nosini o‘sib kelayotgan yosh avlodga tushuntirish, ona tilimizning o‘ziga xosligi, davlat tili nufuzi va maqomini oshirish borasida qilinayotgan islohotlar, shu vatanning har bir farzandi ona tilini sevishi, uning qadr-qimmatini joyiga qo‘yishda faol ishtirok etishi lozimligi haqida atroflicha fikr yuritdilar.

 Konferensiya “Yosh notiqlar” koʻrik-tanlovining bayram soniga ulanib ketdi.

Ulashish: