Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



“Bobur devonlari. “Topmadim”, “Hazon yaprog‘i yanglig‘…”g‘azallari”

2019-yil 26-noyabr kuni O‘zbek adabiyoti kafedrasi dotsenti Rahimova Bekposhsha Bahodirovna Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi 21-son umumiy o‘rta ta'lim maktabida “Bobur devonlari. “Topmadim”, “Hazon yaprog‘i yanglig‘…”g‘azallari” mavzusida mahorat darsini o‘tkazdi. Ushbu mahorat darsi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan ilgari surilgan Xalq ta’limi va Oliy ta’lim integratsiyasini amalga oshirish maqsadida tashkil qilindi. Unda maktab direktori Y.Qo‘ziyeva, o'quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari J. Sapayev va ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi M.Karimova, N. Karimovlar ishtirok etishdi. Mazkur o‘tkazilgan mahorat darsi maktab o‘quvchilari hamda o‘qituvchilarida yaxshi taassurot qoldirdi. Shu kabi mahorat darslarini muntazam ravishda tashkil qilib borish soha rivojida muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, maktablar va oliy ta’lim hamkorligi amalda o‘z isbotini topayotganligining yaqqol namunasidir.

Ulashish: