Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



“Nodira g‘azallari”

2019-yil 25-noyabr kuni O‘zbek adabiyoti kafedrasi dotsenti Jumaniyazova Nasiba Azatbayevna Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi 15-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Nodira g‘azallari” mavzusida mahorat darsini o‘tkazdi. Ushbu mahorat darsi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan ilgari surilgan Xalq ta’limi va Oliy ta’lim integratsiyasini amalga oshirish maqsadida tashkil qilindi. Mazkur o‘tkazilgan mahorat darsi maktab o‘quvchilari hamda o‘qituvchilarida yaxshi taassurot qoldirdi. Shu kabi mahorat darslarini muntazam ravishda tashkil qilib borish soha rivojida muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, maktablar va oliy ta’lim hamkorligi amalda o‘z isbotini topayotganligining yaqqol namunasidir.

Ulashish: