Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

16- noyabr - "Xalqaro bag‘rikenglik" kuni

Bugun, 16- noyabr kuni Urganch davlat universiteti Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakulteti ta'lim-tarbiya maslahatchisi K. lbodullayev universitetimizning bir guruh talabalari bilan Xalqaro bag'rikenglik kuni munosabati bilan Viloyat nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazida bo'lishdi. 

Ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari nevropatolog A. Abdullayev talabalarni markaz faoliyati va sharoitlari bilan yaqindan tanishtirdi. O‘z navbatida, talabalar markazda davolanuvchi bolalarga mehr va sovg‘a-salomlar ulashib xursand qilishdi. 

Uchrashuv yakunida salomatlik sohasidagi beminnat xizmatlari uchun markaz ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, nevropatolog  A.Abdullayevga UrDU rektorining Tashakkurnomasi topshirildi.

urdu.uz, 16- noyabr - "Xalqaro bag‘rikenglik"  kuni

Ulashish: