Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



11-NOYABR - OʻZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI KUNI

Bugun, 4-noyabr sanasida Urganch davlat universitetida shaxmat, shashka va stol tennis bo'yicha “Universitet birinchiligi” sport musobaqalari o'tkazildi.   Musobaqalar “11-noyabr  - Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari kuni” bayramiga bagʻishlandi. Unda universitetda mehnat faoliyatini olib borayotgan professor-o'qituvchilar va ishchi-xizmatchi xodimlar ishtirok etdi.

Musobaqalar yakunida g'oliblar aniqlanib, universitet Kasaba uyushma qo'mitasi tomonidan sovgʻalar topshirildi.

Urganch davlat universitetida o'tkazilgan shaxmat, shashka va stol tennis bo'yicha “Universitet birinchiligi” sport musobaqalarida O'zbek filologiyasi fakulteti  Rus tili va adabiyoti  professor-o'qituvchilari ham faol  qatnashidilar. Jumladan, Rus tili va adbiyoti o`qituvchisi   Mahmudov Umid  Reimbayevich  stol tennisi yo`nalishi  bo`yicha o`tkazilgan  musobaqada   faxrli  1-o`rinni egallab universitet  Kasaba uyshma qo`mitasi tomonidan munosib sovg`a bilan taqdirlandi.

Ulashish: