Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Xalqaro anjuman

“XXI ASR TILSHUNOSLIGINING DOLZARB MASALALARI VA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION PEDAGOGIK YONDASHUVLAR” MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN OʻZ ISHINI BOSHLADI 

Joriy yilning 16-17 noyabr kunlariga moʻljallangan ushbu konferensiyaning bugun ochilish marosimi va yalpi majlisi oʻtkazildi. Unda universitet rahbariyati, Xorijiy filologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilar, talaba-yoshlar hamda  yurtimiz va xorijiy  hamkor universitetlardan olimlar ishtirok etishdi.

“Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri J.Ermetova moderatorligida  oʻtkazilgan anjumanni UrDU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Z.Ibragimov ochib berib, konferensiya ishiga muvaffaqiyat tiladi. 

Anjumanda  til  nazariyasi,  o‘qitishning  dolzarb  muammolari,  tarjimashunoslik, ta’lim-tarbiya  nazariyalari,  tillar  o‘qitish  metodikasi  sohalarida  ilmiy  izlanish  olib borayotgan mutaxassislarga foydali boʻlgan mavzularda maʼruzalar tinglandi.

Ulashish: