Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Hindiston elchixonasi delegatsiyasining Urganch davlat universitetiga tashrifi

Bugun Toshkentdagi Hindiston elchixonasi ikkinchi kotibi Mr.Sitesh Kumar boshchiligidagi delegatsiya Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Dastlab mehmonlar oliygohning Xorijiy filologiya fakultetida hamkorlik asosida tashkil etilgan Hindiston madaniyatini o'rganish markazi bilan tanishdilar. 

Shundan soʻng, delegatsiya aʼzolari bilan rasmiy muloqot boʻlib oʻtdi. Unda UrDU birinchi prorektori D.Ibadullayev, Xorijiy filologiya fakulteti dekani Z.Jumaniyozov, “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri, Hindiston madaniyatini o'rganish markazi koordinatori J.Ermetova, universitet xalqaro aloqalar boʻlimi xodimlari, shuningdek, Xoreografiya akademiyasi vakillari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda Urganch davlat universiteti hamda Hindiston oliy taʼlim muassasalari bilan olib borilayotgan hamkorlik aloqalari, turli loyihalar haqida maʼlumotlar taqdim etildi. Ayniqsa, ITEC va Erasmus+ loyihalari, Yoga mashgʼulotlari, Urganch davlat universiteti oʼqituvchi va talabalarining Hindiston sanʼati va madaniyatiga qiziqishlari borasidagi fikrlar mehmonlarni mamnun qildi.

Rasmiy muloqotda Hindiston OTMlari bilan oʼquv va ilmiy sohada aloqalarni kengaytirish borasida qator takliflar berildi.

Yakunda tomonlar oʼzaro esdalik sovgʼalari ulashdilar.

Ulashish: