Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"Kitobxon talaba"

Talaba-yoshlarning kitobga bo'lgan mehrini yanada oshirish, kitobxonlik madaniyatini yoshlar orasida keng targ'ib qilish maqsadida an'anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan "Kitobxon talaba" ko'rik-tanlovining navbatdagi soni bo'lib o'tdi. Unda O'zbek filologiyasi fakulteti professor-o'qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok qildi.

Bu galgi tanlov O'zbek tili ta'lim yo'nalishi talabalari uchun Nodar Dumbadzening "Abadiyat qonuni", Rus tili ta'lim yo'nalishi talabalari uchun "Слово о полку Игореве" ( “Igor lashkari jangnomasi”) asarlari bo'yicha tuzilgan shartlar asosida olib borildi va unda fakultetning 6 nafar talabasi 2 shart asosida o'zaro kuch sinashdilar.

Tadbir davomida Filologiya va tillarni o'qitish: rus tili ta`lim yo`nalishi 222-guruh talabasi Rajabova Shahina  1- o`rinni  egalladi.

Har bir shart hakamlar hay'ati tomonidan munosib baholanib, tanlov g'oliblari fakultet dekani, f.f.d., professor D.G'ayipov tomonidan diplom hamda esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi hamda gʻoliblar shu yilning dekabr oyida boʻlib oʻtadigan final bosqichga yoʻl olishdi.

Ulashish: