Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Xalqaro pedagogik kongressda ishtirok

         2023-yilning 9-11-noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining M.V.Lomonosov nomli Moskva davlat universitetida Rus tili va adabiyoti jamiyatining IV syezdi va “K.D.Ushinskiy merosi va zamonaviy ta’lim” mavzusidagi xalqaro pedagogik kongress bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning 1-kunida “Russkaya slovesnost’” jamiyatining IV syezdi va “K.D. Ushinskiy merosi va zamonaviy ta’lim” mavzusidagi xalqaro pedagogik kongressning ochilish marosimi, K.D. Ushinskiy tavalludining 200 yilligi va “Rus tili MDH mamlakatlarida millatlararo muloqot tili” yiliga bagishlab “MDH hududida o‘qituvchi va uning o’quvchilari” mavzusida oʻtkazilgan xalqaro tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi hamda anjumanning yalpi majlisi boʻlib oʻtdi.

Syezd ishida “Russkaya slovesnost’” jamiyatining raisi, Moskva va Butunrossiya patriarxi Kirill, jamiyat raisi oʻrinbosari, Moskva davlat universiteti rektori, akademik V.А. Sadovnichiy, Moskva davlat pedagogoika universiteti rektori, akademik А.V. Lubkovlar oʻz maʻruzalari bilan ishtirok qildilar. Sʻezd ishiga muvaffaqiyat tilab, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.V. Putin, Senat raisi V.I. Matvienko, Oliy taʻlim va fan vaziri, Maorif vaziri va boshqa davlat arboblarining tabriklari o’qib, eshittirildi.

10-noyabr kuni davomida Rossiya Federatsiyasining Moskva va yana bir qancha shaharlarida quyidagi tadbirlar oʻtkazildi:

– umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va oliy taʻlim tizimi rus tili va adabiyoti fani oʻqituvchilarining xalqaro syezdi;

– taʻlim tizimi psixologlarining xalqaro syezdi;

– “K.D. Ushinskiy va zamonaviy taʻlim amaliyoti” mavzusida “dumaloq stol” atrofida disput;

– “Cherkov-slavyan tili va hozirgi zamon taʻlim tizimi” mavzusida ilmiy-uslubiy seminar;

– “Hozirgi zamon koʻzgusida rus tili chet tili sifatida” mavzusida xalqaro ilmiy-metodik anjuman;

– “Taʻlim tizimida Rossiya xalqlarining tillari va madaniyatlari” mavzusida Butunrossiya ilmiy-amaliy anjuman;

– “Rus tili va adabiyotini oʻqitishda yangi yondashuvlar” mavzusida xalqaro “dumaloq stol”;

– kichik tillar va madaniyatlar boʻyicha dala tadqiqotlari yuzasidan yoshlar “dumaloq stoli”;

– “Raqamli texnologiyalar zamonida tarjima didaktikasi” mavzusida xalqaro “dumaloq stol”;

– “Rus tili va adabiyoti sohasi uchun ilmiy va pedagogik kadrlar tayyorlash” mavzusida Butunrossiya kengashi;

– “Taʻlimda “ustoz-shogird” tizimi” mavzusida bahs-munozara oʻtkazildi.

11-noyabr kuni Urganch davlat universiteti dotsenti, f.f.d. O.O.Choʻponov Moskva davlat pedagogika universitetida shu tadbirlar doirasida ustoz va pedagog, filologiya fanlari doktori, professor I.G. Dobrodomov xotirasiga bagʻishlab “Ustoz va uning shogirdlari” mavzusida xalqaro ilmiy anjumanda ishtirok qilib, “XVII asr Rossiya bilan Xiva va Buxoro aloqalari boʻyicha elchilik kitoblarida antroponimlar” mavzusidagi maʻruza qildi va Moskva davlat universiteti rektori tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari, f.f.d. O.O.Choʻponov Moskva davlat universitetida ertalab oʻtkazilgan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va oliy taʻlim tizimlari rus tili va adabiyoti oʻqituvchilari Xalqaro syezdining 3-, “Rus tili va adabiyoti gumanitar bilimlar tizimida” shoʻbasi hamda tushlikdan keyin “K.D.Ushinskiy va zamonaviy taʻlim amaliyoti” mavzusida “dumaloq stol” atrofidagi disput ishida qatnashdi.

Ushbu forum doirasida f.f.d. O.O.Choʻponov boshqa ishtirokchilar qatorida rus tilshunosi, rus tili tarixi, funksional stilistika, rus tilini ona, chet tili sifatida o‘qitish tarixi, nazariyasi va metodikasi bo‘yicha mutaxassis, filologiya fanlari doktori, professor, Rossiya ta’lim akademiyasi akademigi, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti prorektori, Tatyana Vladimirovna Kortava bilan; rossiyalik tarixchi va oliy ta’lim arbobi, tarix fanlari doktori, professor, Rossiya ta’lim akademiyasi akademigi, Moskva davlat pedagogika universiteti rektori Aleksey Vladimirovich Lubkov bilan uchrashdi. Suhbatlar davomida Rossiya, boshqa MDH davlatlarining yetakchi universitetlari va universitetimiz o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Ulashish: