Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"MDH xalqlari adabiyoti" fanida Said Axmad dramaturgiyasini o`rganish

        Joriy yilning 7-dekabr kuni UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi N.Djumaniyazova  rus tili ta'lim yo'nalishi 204-guruh talabalariga "MDH xalqlari adabiyoti" fanidan ochiq amaliy mashg'uloti o'tkazdi. Mashg'ulot "Саид Ахмад. Драматургия узбекской литературы" mavzusida bo'lib o'tdi. Mashg'ulot jarayonida turli tarqatma materiallardan, taqdimotlardan, videolavhalardan samarali foydalanilib, dars bellashuv usulida tashkil qilindi. Talabalar tomonidan "Kelinlar qo'zg'oloni" asari namoyish etildi va yozuvchining asarlari haqida viktorina o'yini o'tkazildi.

         Darsda kuzatuvchi sifatida Rus tili va adabiyoti kafedrasi katta o'qituvchisi O'.S.Qalandarov ishtirok etdi va dars samarali tashkil qilingani to'g'risida o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Ulashish: