Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



“She'riyat shohsupasi”

             Bugun, 15-dekabr kuni UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti tomonidan an'anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan "She'riyat shohsupasi" ko'rik-tanlovining final soni bo'lib o'tdi. Unda O'zbek filologiyasi fakulteti professor-o'qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok qildi. Tanlov o'zbek tili ta'lim yo'nalishi talabalari uchun shoir, tarjimon, tarixchi olim Muhammad Rizo Erniyozbek o'g'li Ogahiy ijodi, rus tili ta'lim yo'nalishi talabalari uchun esa Fet Afanaseyevich Afanasiy ijodi yuzasidan oʻtkazilib, unda fakultetning 9 nafar talabasi 2 shart asosida o'zaro bellashdilar. Badiiy qismda 211-guruh talabalarining chiqishlari namoyish etildi.

        Tanlov yakunida final soni g'oliblari Avazjon Suvonberdiyeva hamda Malika Ulugʼbekovalar anʼanaga muvofiq universitet tomonidan noutbuk bilan taqdirlandi.

Ulashish: