Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



“O‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolari” mavzusida kafedraning ilmiy-seminari

Bugun, 28-noyabr kuni, “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasining navbatdagi ilmiy-uslubiy seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda Qarshi davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash tomonidan yuborilgan dissertatsiyani ekspertizadan o`tkazish uchun  bizning kafedra qoshidagi ilmiy-nazariy seminar xulosasi (tashqi taqriz)ni olish maqsadida tashrif buyurgan dissertant Nafasova Vazira To`rayevnaning "O`zbek tili paronimlarining lisoniy tahlili" mavzusidagi filologiya fanlari bo`yicha falsafa doktori ilmiy darjasini olish uchun yozgan tadqiqot ishi bo`yicha ma'ruzasi va uning muhokamasi bo`lib o`tdi.  Shuningdek, kafedra dotsenti Q.Olloyorov “Xorazm dostonlarida leksik qatlamlar masalasi” mavzusida ilmiy ma'ruza qildi. Seminarda kafedraning barcha professor-oʻqituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchi va magistrantlar qatnashishdi. Seminar qiziqarli tarzda, ko‘tarinkilik ruhida bo‘lib o‘tdi. Yuqorida ushbu tadbir jarayonidan olingan ayrim fotolavhalar aks etgan.

Ulashish: