Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Yil sarhisobi

            Bugun, 27-dekabr kuni Urganch davlat universiteti  Kengashining 2023-yildagi soʻnggi majlisi oʻtkazildi. Yigʻilish avvalida rektor B.Abdullayev jamoani kirib kelayotgan 2024-yil bilan qizgʻin tabrikladi. Oʻtib borayotgan 2023-yil universitet faoliyatida ulkan yutuq va marralarga boy yil boʻlganligini alohida eʼtirof etib, kelayotgan yangi yilda bundan-da yuksak zafarlarga erishishda jamoaga kuch-quvvat tiladi. Urganch davlat universitetida 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida yil sarhisobiga bagʻishlab maʼruza qildi. PhD diplomlarini oʻz egalariga topshirdi. Shuningdek, faxriy ustozlarning bayram tilaklari tinglandi.

            2023-yil davomida Urganch davlat universitetining oʻquv, maʼnaviy-maʼrifiy va ilmiy yoʻnalishlarini yuksaltirish yoʻlidagi samarali faoliyati hamda jamoat ishlaridagi faolligi uchun O`zbek filologiyasi fakulteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi bir guruh professor-oʻqituvchilari, jumladan, Avezdjanova Raisa Mulladjanovna, Babajdjanov Xushnud, Xamrayev Baxodir Jabborovich va Abdullayeva Barno Qodirovna rektor Faxriy yorligʻi hamda esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

Ulashish: