Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Kengashning so'nggi yig'ilishi

       Bugun, 28-dekabr kuni, UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti Kengashining 2023-yildagi so'nggi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilish avvalida fakultet dekani, Kengash raisi professor D.G'ayipov barchani Yangi yil bayrami bilan muborakbod etib, kirib kelayotgan 2024-yil muvaffaqiyatlarga boy bo'lishini tiladi. Yig'ilishda har xil masalalar, dekan o'rinbosarlarining hisobot va axborotlari kun tartibidan joy oldi.  Kengash yakunida 2023-yil davomida fakultetning o'quv, ma'naviy-ma'rifiy va ilmiy yo'nalishlarini yuksaltirish yo'lidagi xizmatlari uchun O`zbek filologiyasi fakulteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi professor-o'qituvchilari, jumladan, rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Ruzmetov Surojbek Allaberganovich, Popova Anastasiya Aleksandrovna, Maxmudov Umid Reimbayevichlar e'tirof qilinib, tashakkurnoma, faxriy yorliq va esdalik sovg'alar topshirildi.

Ulashish: