Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



O'zbek filologiyasi fakultetida uch avlod uchrashuvi bo'lib o'tdi

O'zbek filologiyasi fakultetida uch avlod uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 3-fevral kuni Urganch davlat universiteti O'zbek filologiyasi fakultetida faxriy ustozlar ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" o'tkazildi. Unda uzoq yillardan buyon universitetda samarali faoliyat yuritib kelayotgan ustozlar Qadam Salayev, Gavhar Eshchanova hamda Nasiba Jumaniyozovalar ishtirok qildi.

Uchrashuv davomida ustozlar o'zlarining uzoq yillik pedagogik tajribalari hamda ish faoliyatidagi erishilgan yutuq va sinovlar haqida suhbat olib bordilar.

Suhbat yakunida talaba-yoshlarga maqsadlarga erishish yo'lida zarur tavsiyalar aytib o'tildi.

Ulashish: