Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Belarus milliy texnika universiteti rektori Xaritonchik Sergey Vasilevich Kimyoviy texnologiyalar fakultetida boʻldi

Bugun Belarus milliy texnika universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor Xaritonchik Sergey Vasilevich boshchiligida delegatsiya aʼzolari Kimyoviy texnologiyalar fakultetida boʻldi.  Dastlab u yerda fakultetning ilmiy-innovatsion sohadagi yutuqlari aks ettirilgan ko‘rgazma bilan tanishishdi. Olimlarning ilmiy-innovatsion ishlanmalari ahamiyati va ishlab chiqarishdagi oʻrniga alohida eʼtibor qaratishdi. Ko‘rgazmada fakultet olimlari tomonidan yaratilgan 33 turdagi ilmiy ishlanma va ixtirolar o‘rin olgan. 

Shundan soʼng, fakultetning oʼquv, ilmiy laboratoriyalarining jihozlanishi bilan yaqindan tanishdilar va dars jarayonlarini kuzatdilar. Fakultetdagi talabalar uchun yaratilgan sharoitlar mehmonlar tomonidan yuqori baholandi.

Delegatsiya aʼzolari Xorazm innovatsion texnoparkida ham boʼlishdi. Aytish joizki, ushbu texnopark Kimyoviy texnologiyalar fakulteti qoshida joylashgan va u yerda bugungi kunda 20 turdagi mahsulot Urganch davlat universiteti brendi ostida ishlab chiqarilmoqda va bozorlarimiz rastalaridan joy olmoqda. Qolaversa, bir guruh talaba-yoshlar bugun mazkur texnoparkda ish bilan taʻminlangan. Mehmonlar texnopark faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni koʻrish, xatto ayrimlarini taʼtib koʻrish imkoniga ega boʼldilar. 

 

Shu bilan Belarus milliy texnika universiteti rektori Xaritonchik Sergey Vasilevich boshchiligidagi delegatsiyaning universitetimizga tashrifi yakunlandi. 

Ulashish: