Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Obod va fayzli mahalla — yurt ko'rki

         Ma'lumki, mamlakatimizda 2024-yilning 16 — 18-mart kunlari O'zbekistonda "Obod va fayzli mahalla — yurt ko'rki" shiori ostida umumxalq xayriya hashari o'tkazilishi belgilangan. Shu munosabat bilan 16-mart kuni, Urganch davlat universitetida umumxalq xayriya hashari boshlab yuborildi. Hasharda xalqimizga xos bag'rikenglik, o'zaro hamjihatlik, umumxalq bayrami oldidan mahallalar, ko'chalar, turli maskan va aholi turar joylarini obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik va hamjihatlik bilan amalga oshiriladi.Universitet hududida olib borilayotgan obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish kabi xayrli ishlarda UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti Rus tli va adabiyoti kafedrasi professor-o'qituvchilari va fakultet talaba-yoshlari ham faol ishtirok etib, manzarali va mevali daraxt ko'chatlarini ekish, daraxtlarga shakl berish, ularni parvarishlash va hudud atrofini begona o'tlardan tozalash ishlariga o'zlarining hissalarini qo'shishmoqda.Bu kabi xayriya tadbirlari — barchani yagona maqsad yo'lida birlashtirish bilan birga, kelajagimiz egalari qalbida mehnatsevarlik, vatanga muhabbat tuyg'usini shakllantirish bilan ham ahamiyatlidir!

Ulashish: