Kimyoviy texnogiyalar fakultetida talaba-yoshlar ishtirokida "2-fevral — Butunjahon suvli-botqoqli yerlar kuni" munosabati bilan davra suhbati o'tkazildi.
Unda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamenti "Xorazm milliy tabiat bog'i"ning xodimlari tomonidan kun munosabati bilan targ'ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
Ma'lumot o'rnida, Ramsar Konvensiyasining asosiy maqsadi butun dunyo bo‘ylab barqaror rivojlanishga erishish vositasi sifatida suv-botqoq hududlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi mazkur konvensiyaga 2001-yilda qo‘shilgan.
