Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Mashg'ulotlarda turli metodlardan foydalanish ta`lim sifatini oshiradi

          Joriy yilning 28-mart kuni UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi katta o'qituvchisi S.Ruzmetov Filologiya va tillarni o'qitish:rus tili ta'lim yo'nalishi 211-guruh talabalariga "Rus tili stilistikasi" fanidan ochiq amaliy mashg'uloti o'tkazdi.Mashg'ulot "Стилистика глагола. Стилистика местоимения" mavzusida bo'lib o'tdi. Mashg'ulot jarayonida turli tarqatma materiallardan, taqdimotlardan samarali foydalanilib, dars bellashuv usulida tashkil qilindi. Mavzuni to'liq mustahkamlash maqsadida turli xil metodlar va "Zinama-zina", "Rasmli yo'lak" o'yinlaridan foydalanildi. Mavzu yuzasidan mashqlar bajarildi.

          Darsda kuzatuvchi sifatida Rus tili va adabiyoti kafedrasi professor-o'qituvchilari O'.Qalandarov, D.Jumaniyazova  ishtirok etishdi va dars samarali tashkil qilingani to'g'risida o'z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Ulashish: