Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Ilmiy-nazariy seminar

Shu yilning 12-dekabr kuni soat 12:30 da Oʻzbek tilshunosligi kafedrasining navbatdagi ilmiy-nazariy seminari  boʻlib oʻtdi. Seminarda SamDU katta oʻqituvchisi Sherali Temirovning "Samarqand viloyati oronimlarining lisoniy tadqiqi" mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasini ekspertizadan oʻtkazib, kafedraning taqrizi berilishi kerakligi munosabati bilan dissertantning maʼruzasi tinglandi va dissertatsiya muhokama qilindi. Shuningdek,  magistrant Marhabo Ahmedovaning "Xorazm maqom nomlarining atalish motiviga koʻra turlari" mavzusidagi maʼruzasi ham tinglandi. Seminardagi maʼruzalar koʻpchilikda qiziqish uygʻotdi, savol-javob va bahs-munozaralarga boy boʻldi. Quyida mazkur tadbirdan olingan ayrim fotolavhalarni havola qilamiz.

Ulashish: