Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universitetida “Ma'rifat ulashib” loyihasi doirasida ijodiy uchrashuv tashkil etildi

Bugun, 22-aprel kuni "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi rahbari, shoira Gavhar Ibodullayeva hamda Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, taniqli yozuvchi va shoirlar Davron Rajab, Muhabbat Sapayevalar Urganch davlat universitetiga tashrif buyurib, talabalar bilan ijodiy uchrashuv oʻtkazishdi. 

Ijodiy uchrashuvga Oʻzbek filologiyasi fakulteti dekani D.Gʻayipov raislik qildi va unda fakultetning adabiyotsevar talaba-yoshlari ishtirok etdi.

Ijodkorlar bilan uchrashuv yoshlar uchun badiiyat kechasiga aylandi va qizg'in muloqotlarga boy boʻldi. Ijodkorlar tomonidan yangi ijod namunalari o‘qib berilldi. Ijod ahli yoshlarga munosib ibrat ko'rsatgan holda milliy loyihaga o'z hissasini qo'shdilar.

Bu kabi tadbirlarni oʻtkazishdan maqsad, yosh avlodni vatanparvarlik, fidoyilik ruhida tarbiyalash, ulugʼ adiblarning ijod yoʻli va ular yaratgan ulkan adabiy merosni oʼrganish hamda kitobxonlikni keng targʼib qilishga qaratilgandir.

Ulashish: