Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

  • Yashil
    Universitet



Istanbul Gelisim universiteti bilan anglashuv memorandumi imzolandi

4-iyul kuni UrDU rektori B.Abdullayev Xorazm viloyati hokimi boshchiligida delegatsiya bilan Istanbul shahrida joylashgan Istanbul Gelisim universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasidagi rasmiy uchrashuvda bugungi kundagi ta’lim jarayonidagi yangiliklar va imkoniyatlar toʻgʻrisida atroflicha soʻz yuritildi. Rektor B.Abdullayev Urganch davlat universitetining bakalavriat yoʻnalishlari, magistratura va doktorantura mutaxassisliklari hamda universitet fakultetlari kesimida maʼlumot berdi. Uchrashuvda ikki tomon hamkorlikda universitet bitiruvchilarini Istanbul Gelisim universitetning magistratura dasturlariga jalb etish, professor-oʻqituvchilar va talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, muhandislik yoʻnalishlarida hamkorlik qilish va Erasmus+ dasturlarida birgalikda ishtirok etishga kelishib olindi. Uchrashuv soʻnggida Istanbul Gelisim universiteti va Urganch davlat universiteti oʻrtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

 

Ulashish: