Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

  • Yashil
    Universitet



Astraxan davlat universiteti bilan hamkorlik ishlari rivojlantirilmoqda

26-iyul Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev va xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor Gʻayrat Oʻrazboyevlar Rossiyaning hamkor  Astraxan davlat universitetiga tashrif buyurdilar. 

Dastlab Astraxan davlat universiteti rahbariyati bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda rektor B.Abdullayev hamkorlik munosabatlarni yanada mustahkamlash haqida toʻxtalib, ayrim almashinuv dasturlarini kengaytirish, shuningdek, Astraxan davlat universiteti professor-oʻqituvchilarini maʼruza oʻqish va bilimlarini almashish uchun Urganch davlat universitetida qabul qilish istagini bildirdi.  Astraxan davlat universiteti rektori Igor Alekseev tomonidan birgalikdagi faoliyat natijalari eʼtirof etilib, hamkorlikning yangi bosqichlari uchun tayyorgarligi bildirildi. Uchrashuvda ikki tomonlama diplom dasturini amalga oshirish tajribasiga ham toʻxtalib oʻtildi.

Shuningdek, Astraxan davlat universiteti xodimlari oʻsimliklarning yangi navlarini yaratish va choʻllanishga qarshi kurashish boʻyicha birgalikda ilmiy faoliyatni amalga oshirishni taklif qilishdi. Aytish joizki, universitetlar ekologiya, atrof - muhitni boshqarish va biologik xilma xillikni saqlash kabi sohalarda hamkorlikda katta istiqbolli tajribaga ega ekanligi ahamiyatlidir.

Ulashish: