Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

  • Yashil
    Universitet



Rektor Astraxan davlat universiteti ilmiy markazlari bilan tanishdi

26-iyul kuni Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev  hamda Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Gʻ.Oʻrazboyevlar Astraxan davlat universiteti bo‘ylab sayohat qilishdi.

Xususan, universitet tarkibiga kiruvchi laboratoriyalar, ilmiy kutubxona, kasbiy oliy tarjimonlik maktabi va universitetning boshqa tuzilmalarida bo‘ldilar. Universitet sharoitlari bilan tanishuv davomida Astraxan davlat universitetining moddiy-texnik ta’minoti, kafedralarning rejalari va yutuqlari, ularning talabalar ta’lim-tarbiyasidagi ahamiyati haqida maʼlumotlarga ega boʻldilar.

Kasbiy oliy tarjimonlik maktabi vakillari tomonidan tarjimonlarni tayyorlash, sinxron tarjima markazi faoliyati, har yili talabalar va bitiruvchilarni amaliyotga hamda ishlashga qabul qiladigan rus va xorijiy hamkorlar haqida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, kiberfizik tizimlar va metallga ishlov berish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar byurosi, logistika yechimlarini tadqiq qilish ilmiy-taʼlim markazi, “Kelajak oʻqituvchisi” markazida boʻldi. Kutubxona va nashriyot majmuasida "Quyi Volga arxeologiyasi" maktabi faoliyati doirasidagi ko'rgazmalar bilan tanishdilar.

Ulashish: