Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Ilmiy konferensiya.

Bugun, 9-yanvar kuni, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida "2020-2030 yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi" loyihasining muhokamasi boʻyicha davra suhbati boʻlib oʻtdi.  Suhbatni mazkur universitet rektori prof. Sh.Sirojiddinov olib bordi. Oʻzbek tilini rivojlantirish departamenti boshligʻi A.Qirgʻizboyev va departament boʻlim boshliqlari ishtirok etishdi. Konsepsiya loyihasi qizgʻin muhokama qilindi, yangi takliflar oʻrtaga tashlandi, xalq muhokamasidan oʻtkazilishi lozimligi ham taʼkidlandi. Ushbu tadbirda UrDU dotsenti A.Primov ham qatnashdi.

 

Ulashish: