Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



“Yoshlar va turizm” festivali ishtirokchilari UrDU huzuridagi “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyida bo'lishdi

Urganch davlat universitetida o’tkazilayotgan “Yoshlar va turizm” festivali doirasida Buxoro davlat universiteti talabalari bugun oliygoh huzuridagi “Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi”ga tashrif buyurishdi. 

Muzey xodimlari tomonidan mehmonlarga Vatanimiz tarixi, jadidlar va ularning g'oyaviy kurashlari, muzey ekspozitsiyasi haqida qiziqarli ma'lumotlar berildi va muzeydagi eksponatlar bilan tanishtirishdi. Ishtirokchilar muzeydan o’rin olgan eksponatlar hamda jadidlar hayoti va tarixiga oid ma’lumotlarga katta qiziqish bildirishdi. 

Shuningdek, talabalar mustabid sovet tuzumining qatag‘on siyosatiga doir o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. 

Ulashish: