Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

  • Yashil
    Universitet



Koreys madaniyatiga bag'ishlangan loyiha ishlari

Xorijiy filologiya fakultetida Koreys madaniyatiga bag'ishlangan loyiha ishlari taqdimoti tashkil etildi. Bugun, 11-yanvar kuni UrDU Xorijiy filologiya fakulteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi Filologiya va tillarni o'qitish: koreys tili ta'lim yo‘nalishi Mamlakatshunoslik fani o'qituvchisi Sanobar Raxmanova rahbarligida 2301-guruh talabalari tomonidan tashkil etilgan loyiha ishlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.  Ushbu tadbirda talabalar 1-3 semestr davomida Koreyaning madaniyati, tarixi, geografiyasi, iqtisodiyoti va tili bo‘yicha o‘rganilgan bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar. Taqdimotlarda Koreyaning boy tarixi, an’anaviy madaniy qadriyatlari, zamonaviy iqtisodiy yutuqlari va tilining milliy o‘ziga xosligi kabi mavzular qamrab olindi.  Tadbir professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan katta qiziqish va e’tibor bilan kuzatildi va talabalarning sa’y-harakatlari yuqori baholandi. Bu tadbir o‘quv jarayoniga yanada qiziqish uyg‘otib, talabalarni ilmiy izlanishlarini davom ettirishga ilhomlantirishga xizmat qiladi. 

Ulashish: