Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Vayoming (University of Wyoming) universiteti doktoranti (PhD), Carlton Barkhurst Dissertation ilmiy xodimi Dilnoza Hasilova UrDUga tashrif buyurdi

2019 yilning 19 iyun sanasida Amerika Qo`shma Shtatlari (AQSh)ning Vayoming (Wyoming) universiteti doktoranti (PhD), Carlton Barkhurst Dissertation ilmiy xodimi Dilnoza Hasilova Urganch davlat universiteti “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi professor-o`qituvchilari va talabalari bilan uchrashib, ilmiy-tadqiqot jarayoni va ilmiy-tadqiqot natijalarini e`lon qilishda uchraydigan muammolar va o`z tajribasidan kelib chiqqan holda ularni bartaraf qilishda o`zining taklif va mulohazalarini bildirib o`tdi. Seminar-trening interfaol debat tarzida o`tkazilib, ikki davlat ta`lim tizimining o`xshash va farqli tomonlari, oliy ta`limdan keyingi ta`lim tizimining o`ziga xos jihatlariga oid qiziqarli va mazmunli ma`lumotlarga boy bo`ldi.

Ulashish: