Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

  • Yashil
    Universitet



Bu bog‘lar bir bog‘lar bo‘ladi...!

Xabaringiz bor, bugun  Jizzax shahrida “Yashil makon” loyihasi doirasida “Bu bog‘lar bir bog‘lar bo‘ladi...!” shiori ostida “Ziyolilar bog‘i”ni tashkil etish uchun bahor mavsumida ko‘chat ekish marafoniga start berildi.

Loyiha doirasida Respublikamizning barcha hududlarida bir vaqtda daraxt ekish marafoni bo’lib o’tdi. Unda Respublikamizning 14 hududidagi studiyalardan turib barcha kasbiy va oliy ta’lim muassasalari jamoalari onlayn qatnashdi.

Xususan, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti ham Kimyoviy texnologiyalar fakulteti hududida  ko’chat ekish kabi xayrli ishlar amalga oshirildi. Marafonda barcha professor-o’qituvchilar, ko’ngilli talaba-yoshlar faol ishtirok qilib, hudud ekologiyasini yaxshilash uchun o'z hissasini qo'shishdi.

Ta’kidlash joizki, 2025-yil bahor mavsumida oliygohda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2000 tup mevali va manzarali ko’chat ekish rejalashtirilgan bo’lib, bugunning o’zida 100 tup olma, 200 tup sumax hamda 200 tup yapon saforasi singari jami 500 tup ko’chat ekildi.











 




Ulashish: