Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

  • Yashil
    Universitet



Xalqaro hamkorlik

Ayni kunlarda Turkiyada xizmat safarida boʻlib turgan universitetimiz delegatsiyasi a’zolari boʻlgan San’at kafedrasi professor-oʻqituvchilari hamda Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi E.Yoʻldoshevlar bugun Anqara Yildirim Boyazid universitetiga qarashli Turk musiqasi davlat konservatoriyasida boʻldilar. 

Tashrif doirasida konservatoriya jamoasi bilan qizgʻin ijodiy suhbat boʻlib oʻtdi. Suhbat davomida, oʻzbek va turk milliy kuy-qoʻshiqlari, cholgʻu asboblari, musiqiy uslublar va boshqa ko‘plab mavzular yuzasidan tajriba almashildi. 

Shuningdek, konservatoriyaning sharoitlari, oʻquv jarayonlari va ijodiy imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdi. Bu tashrif ikki davlat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

 

Ulashish: