Close
Skip to main content


UrDU jamoasi Turkiyaning davlat tadbirlarida oʻz chiqishlari bilan ishtirok etishdi

Ayni kunlarda Turkiya Respublikasida xizmat safarida boʻlib turgan Urganch davlat universiteti delegatsiyasi a’zolari, jumladan, San’at kafedrasi professor-oʻqituvchilari Navroʻz ayyomi munosabati bilan Istanbul hamda Anqara shaharlarida oʻtkazilgan davlat tadbirlarida faol ishtirok etdilar. Ular o‘zlarining bayramona badiiy chiqishlari bilan tadbirlarga o‘ziga xos rang-baranglik va ko‘rkamlik bag‘ishlab, oʻzbek milliy madaniyatining boy va rang-barang an’analarini namoyish etishdi. 

Bayram tadbirlari davomida professor-o‘qituvchilarimiz o‘zining san’ati orqali mehmonlarda katta taassurot qoldirib, Navro‘zning o‘zaro doʻstlik va ahil-inoqlik bayrami ekanligini targʻib qildilar.

Ulashish: