Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

  • Yashil
    Universitet



Janubiy Afrikaning Limpopo davlat universitetida “O‘zbekiston: bebaho madaniy meros” nomli madaniy dastur o‘tkazildi

2025-yil Samarqandda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida O‘zbekistonning madaniy merosini dunyo miqyosida tanitish maqsadida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti tomonidan Janubiy Afrikaning Limpopo davlat universitetida “O‘zbekiston: bebaho madaniy meros” nomli madaniy dastur o‘tkazildi. 

Taqdimot dasturida O‘zbekistonning betakror madaniyati, me’morchilik yodgorliklari va ulug‘ ajdodlarimizning ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi. Yurtimizning milliy hunarmandchiligi, miniatyura san’ati va boshqa madaniy elementlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Shuningdek, San’at kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan Xorazm milliy kuy-qo‘shiqlari va folklor chiqishlari bilan o‘ziga xos konsert dasturi ham taqdim etildi.

Limpopo davlat universitetidagi ushbu dastur O‘zbekistonning dunyo madaniyatidagi o‘rni va uning bebaho madaniy merosini tanitishda yana bir muhim qadam bo‘ldi.

Ulashish: