Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

  • Yashil
    Universitet



O‘zbekiston chempionati (Oliy liga) ning 2-tur bahslariga start berildi

Joriy yilning 9-15 aprel kunlari O‘zbekiston chempionati (Oliy liga) ning 2-tur bahslariga Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti mezbonlik qilmoqda. Bugun, 9-aprel kuni Respublikamizning barcha viloyatlari hamda Qoraqalpog'iston Respublikasidan 14 ta jamoa musobaqada ishtirok qilish uchun oliygohga tashrif buyurdi. Ishtirokchilar universitet rahbariyati tomonidan iliq kutib olindi. 

Ayni paytda Voleybol sport turi bo‘yicha ayollar o‘rtasida Farg'ona viloyatining "To’maris" jamoasi hamda Qo'qon shahrining “QDPI" jamoasi o’rtasida qizg’in bahs bo’lib o’tmoqda. 

Belgilangan grafik asosida bugun musobaqa Andijon viloyati "ADPI" va Xorazm viloyati “UrDU”, shunindek, NamDU VK va Qashqadaryo viloyati, Milliy Gvardiya va "XUMO" IIV jamoalari o’rtasida bo’lib o’tadi.  

Jarayonlarni to’g’ridan to’g’ri onlayn kuzatib borishingiz mumkin: https://www.youtube.com/live/QqSTIG8zQyM

Musobaqalarda barcha jamoalarga omad va muvaffaqiyat tilab qolamiz!

Ulashish: