Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

  • Yashil
    Universitet



UrDU jamoasi – Futbol bo‘yicha “Universiada” g‘olibi!

Bugun, 2025-yil 14-aprel kuni Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida bo‘lib o‘tayotgan “Universiada” musobaqalarining futbol sport turi bo‘yicha final bellashuvi katta hayajon va murosasiz kurashlarga boy tarzda yakunlandi.

Final uchrashuvida Xorazm viloyati terma jamoasi sifatida qatnashgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti jamoasi Toshkent viloyati jamoasiga qarshi maydonga tushdi. UrDU rektori v.v.b. S.Xodjaniyozov boshchiligida barcha rahbariyat aʼzolari talabalarimizni qo‘llab-quvvatlab, o‘yin jarayonlarini kuzatib borishdi.

Talaba-yoshlarimiz yuqori saviyadagi o‘yin ko‘rsatib, raqib ustidan 3:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi va musobaqaning mutlaq g‘olibiga aylanib, Oltin medal sohibi bo‘lishdi!

Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
1-o‘rin – Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti jamoasi (Xorazm viloyati);
2-o‘rin – Toshkent viloyati jamoasi;
3-o‘rin – Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi.

Bu g‘alaba nafaqat universitetimiz, balki butun Xorazm viloyati sport tarixida muhim sahifa bo‘lib qoldi. Bu – yoshlarimizning fidoyiligi, jamoaviy ruh, iroda va mehnatsevarlik kabi yuksak fazilatlarining yorqin ifodasidir.

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti jamoasi a’zolari, sportchi talabalarimiz va ularning fidoyi murabbiylarini chin dildan tabriklaymiz. Ularning bundan keyingi faoliyatlarida ham yangi yutuqlar, ulkan g‘alabalar va cho‘qqilar yor bo‘lsin!

G‘alaba muborak!

Ulashish: